Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 14.11.2026

1. Biz kimmiz

Linko xizmatini Linko (O'zbekiston) taqdim etadi. Shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha savollar: Telegram @dofauz_bot.

2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

Hisob ma'lumotlari: email, parol xeshi, interfeys tili, tarif.

Sahifa mazmuni: siz qo'shgan matnlar, linklar, rasmlar.

Arizalar: tashrif buyuruvchilar sahifangizdagi forma orqali yuborgan ma'lumotlar.

Statistika: ko'rishlar va kliklar, qurilma turi, o'tish manbasi domeni. Statistikada tashrif buyuruvchilarning IP manzili saqlanmaydi.

To'lovlar: summa, tarif, Click/Payme tranzaksiya raqami. Bank kartasi ma'lumotlarini biz olmaymiz va saqlamaymiz.

3. Nima uchun ishlatamiz

Sahifangiz va kabinet ishlashi uchun; kirish va parolni tiklash; statistika; to'lovni qabul qilish; bildirishnomalar (email, Telegram — agar ulagan bo'lsangiz); suiiste'molning oldini olish.

4. Huquqiy asos

Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq, sizning roziligingiz va foydalanish shartlarini bajarish asosida qayta ishlanadi.

5. Kimga beriladi

To'lov tizimlariga (Click, Payme) — faqat to'lovni amalga oshirish uchun; hosting va email xizmati provayderlariga — xizmat ishlashi uchun; Telegram'ga — agar bildirishnomalarni ulagan bo'lsangiz. Shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz.

6. Saqlash muddati

Ma'lumotlar hisob faol ekan saqlanadi. Hisob o'chirilgach, qonun talab qilgan holatlardan tashqari, 30 kun ichida o'chiriladi.

7. Sizning huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rash, shuningdek roziligingizni qaytarib olish uchun Telegram @dofauz_bot ga yozing.

8. Cookie fayllar

Faqat zarur cookie'lardan foydalanamiz: hisobga kirish va interfeys tilini eslab qolish uchun.

9. Sahifa egasining javobgarligi

Forma orqali ariza yig'adigan sahifa egasi o'z mijozlari ma'lumotlarini qonuniy qayta ishlash uchun o'zi javobgar.